Sayt keluvchilariga xabar  


* * *
Bundan atigi bir necha o`n yil muqaddam “Alisher Navoiy forsiy adabiyoti ana’analarining turkiy tildagi targ`ibotchisi edi ” degan mulohaza hukmron bo`lgan deb aytsak, hozir hech kim ishonmaydi. Chunki bugun butun dunyo Navoiyni jahon adabiyotining klassigi deb biladi. Mashhur turkshunos olimni bunday fikri(1) o`zbek xalqiga ma’qul gap, ammo mazkur fikrni dunyo miqyosida tasdiqlash zarur. Buning uchun Navoiy ijodiga tegishli aniq ma’lumotlarni juda keng ravishda nashrdan chiqarish kerak, masalan maxsus internet saytida.

Yuqorida aytilgan g`oyani amalga oshirish uchun, o`z-o`zidan ma’lumki, Navoiy asarlarini asl matni bilan ishlash zarur bo`ladi. Mazkur asarlar arab (eski o`zbek) va kiril grafikasida saqlanmoqda. Shuning uchun, shoirning asl matnidagi g`azallarini O`zbekistonda qabul qilingan yangi lotin alfavitiga o`girish zarur. Bunday informatsiyani tayyorlash va tarqatish shubhasiz xalqni ma’naviy boyligini oshishiga xizmat qiladi.
Shuni aytish kerakki, Alisher Navoiy tavalludiga 560 yildan oshganiga qaramasdan, o`zbek xalqi, butun dunyo xalqlari kabi, asosan shoir g`azallarini badiiy jihatini biladi, ammo shoir g`azallarini falsafiy mohiyatini tushunishda qiyinchilik sezadi.
Navoy she’rlarini bilishdagi tushunmovchiliklar Navoiy hayotligida ham ma’lum bo`lgan. Bu xususda shoirning o`zi quyidagilarni yozib qoldirgan

Mening nazmim yoyildi olam ichra,
Ko`p ofat soldi xayli odam ichra

Navoiyning she’erlaridan norozilikni shoir yashagan o`lkaning hokimi b a z m d a bildirgan.Shoirning yozishicha(6) mazkur norozilik quyidagicha she’riy ifodalalangan

Eshittim bazmning bir nuqtadoni,*
Shohi sohibqiron jon darmiyoni.

Demish: ne sud gar bir uyni tuzmish
Ki, nazmi shaynidin ko`p uyni buzmish

O`qigon el aning she’rini payvast,
Tilar bo`lg`ay xamisha oshiqu mast

Solib islomu din uyig`a oshub
Binoyi hayr bitkarmak ne mahsub

Tushub bu nuqtadin jismim aro pech,
Chu bildim, chin emish dam urmadim xech

Shoi’r qoldirgan she’riy(5) va hozirgi аdаbiyotdagi nasriy malumotlar mazmuniga ko`ra (2,3), bugungi kun navoiyxonligida paradoksal hol yuzaga kelgan: bir tomondan O`zbekiston halqi shoir merosini juda yuqori ko`tarib ulug`layatgan bo`lsa,(“Hazrat Alisher bugungi kunga kelib,millatning chinakam timsoliga aylandi”(8)) ikkinchi tomondan, amalda, shoirning o`zi qoldirgan ma’lumotlarga ko`ra(7), uni gazallari mazmunini bilishda zamondoshlari qiyinchilik sezganlari kabi, hozir ham bu masalada tushunmovchilik bor (2,3).
Navoiy she’rlarini to`gri tahlili hususidagi tushunmovchiliklar ustida muhtaram Prezidentimizni 2000 yilda chiqishlari bo`ldi; O`zbekiston Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq, birinchi sessiya, birinchi majlisida chiqib Islom Abduganievich Karimov Navoiy merosini chuqurroq va keng o`rganishga da’vat etdilar(2,3)
Navoiyxonlikdagi mazkur muammolarni yechish niyatida va periodik nashrda O`zbekiston ijodkor ziyolilari,fan va madaniyat nomoyandalarining mamlakat jamoatchiligiga murojaat”(4)ini nazarda tutib biz Navoiy g`azallarini bilish bo`yicha tadqiqot ish olib bordik. Ishimizning mahsuliga quyidagi nom berdik: “Alisher Navoiyning g`azali Gegelning falsafiy triadasinii bilishda model bo`lishi hususida” (Birinchi o`zbek alifbosi “Ustodi avval”ning** (9) 100 yillik yubileyiga bag`ishlanadi). Alisher Navoiyni bir mashhur g`azali misolida olib borilgan mazkur tadqiqotimiz yakuninini shoirning boshqa mashhur g`azallarini kompo`zitsiyasini bilishda qo`llashni taklif etib, A. Navoiy nomidagi saytga tadqiqotimizni joylashni rejalashtirdik.
Saytdagi berilgan xabarimiz yakunida biz shuni aytamizki, agarda,yuqorida aytilgan maxsus ishimiz amalga oshishi jarayonida undagi kamchiliklarni tuzatish uchun e’tiroz bildirilsa, yoki ma’naviy , moddiy yordam taklif etilsa mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Masalan, hazrat Navoiyni she’rlarida aniqlangan ziddiyatni zamon talabida tahlil qilinishi xususidagi ishlarda.
Hozirgi kunda, biz shoir asarlarini asl matnini topishdagi tashkiliy ishda yordamga o`ta muxtojmiz

Adabiyot :
1. S. Ivanov. “Jaxon adabiyotida beqiyos siymo”, O’zbekiston adabiyoti va san’ati №16(3172), 17.04.1992.
2. O’zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis deputati Erkin Vohidov. “Navoyini Anglash yoki bahramandlik” O’zbekiston adabiyoti va san’ati №5(3543), 28.01.2000.
3. O’zbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis deputati Abdulla Oripov. “Shukronalik” O’zbekiston adabiyoti va san’ati ,№6(3544),04.02.2000.
4. “Barchamiz burchlimiz” O’zbekiston adabiyoti va san’ati №22 (3612), 01.06.2001.
5. A Navoiy “ Yoridin hech kim meningdek zoru mahjur o`lmasun. N. Mallayev, A. Navoiy, Lirika,Toshkent, ”O`qituvchi”, 1980, ikkinchi nashr, 56 b.
6. Alisher Navjiy,Mukammal asarlar to`plami, yigirma to`mlik,16-tom,Siroj-ul-muslimin,273(kiril alfavitida nashr etilgan)
7. Aziz Qayumov, Alisher Navoiy, Toshkent,1991,160-164bb.
8. O`zbekiston Qahramoni, Xalq ioiri Abdulla Oripo`v “Millat timсoliгa aйlanгan зot” O’zbekiston adabiyoti va san’ati №35-36 (3623), 25.8.2000.
9. Saidrasul Saidazizov “Ustodi Avval”,1902 (Y.Abdullayev, Boshlang`ich ta’lim, 1992, №1, 6-10b)

-
* Shoh majlislarida qatnashib yuradigan, ziyrak va unga g`oyat yaqin(aynan jondek ichki) kimsa (shahzodalardan biri) Navoiy she’riyati dillarni vayron va islomy din uyini alg`ov – dalg`ov qiladi, o`zi juda ko`p xayrlik ishlar qiladi,lekin bulardan ne foyda,ya’ni hisobga o`tarmikan, degan fikrni aytadi. Navoiyda islom uyini ma’mur etadigan bir asar yozish niyati paydo bo`ladi. (Alisher Navoiy, Mukammal asarlar to`plami, 16 to`m, 332 bet, Suyima G`aniyeva izoh va tarjimasi)
** 1999 yilda BBC radioeshittiruvi tomonidan 1902 yil O`zbekiston ta’rixida Ustodi Avval iyli deb e’lon qilingan

-
Познакомься с народом

Сайт управляется системой uCoz